The New Times jurnali bosh muharriri Yevgeniya Albats uning yopilishini ma’lum qildi. Bu haqda jurnalist Facebook’dagi sahifasi orqali ma’lum qildi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.
Albats e’lon qilgan jurnal muqovasida “Biz bilan bo‘lganingiz uchun rahmat” deb yozilgan. Postingga keltirilgan izohda u jurnalning qog‘oz versiyasi yopilishini tasdiqladi.
Uning ta’kidlashicha, jurnal zamon tendensiyasiga rioya etadi hamda, boshqa ko‘plab nashrlar singari, onlayn-versiyasini taqdim etib boradi.
Izoh (0)