Italiyada “Ndrangeta” mafiyasi boshliqlaridan biri — 56 yoshli Juzeppe Jorji qo‘lga olindi. Bu haqda La Stampa nashriga tayanib, “Gazeta.ru” xabar berdi.
Xabar berilishicha, u huquq-tartibot xodimlaridan 1994-yildan beri yashirinib kelgan. Xalqaro giyohvand moddalar savdosida ayblanayotgan Juzeppega 28 yil-u 9 oy qamoq jazosi xavf solmoqda.
Nashrning yozishicha, jinoyatchi San-Lukadagi o‘z uyidan, maxsus bunkerga berkingan joyidan qo‘lga olingan.
Jinoyatchi Italiyaning eng xavfli beshta qochoqlaridan biri edi.
Izoh (0)