Xitoyda Quyosh batareyasida ishlaydigan, yillar davomida qo‘nmay ishlay oladigan yirik o‘lchamli uchuvchisiz uchish qurilmasi ishlab chiqilmoqda. Bu haqda “TASS” xabar berdi.
Mahalliy matbuotda ta’kidlanishicha, ushbu dron borish qiyin tumanlarda barqaror aloqani ta’minlash uchun xizmat qiladi.
Dron ishlanmalari olib borilayotgan markaz rahbari Shi Venning so‘zlariga qaraganda, apparatning xaridorlari davlat hamda telekommunikatsiya va internet sohasida ishlovchi xususiy kompaniyalar bo‘ladi.
Shu bilan birga, Shi Ven dron ustidagi ishlanmalar yakuniga yetguniga qadar konstruktorlar va muhandislar yana bir necha yil ishlashini ma’lum qildi.
Izoh (0)