O‘rta magistraldagi MS-21 samolyoti Irkutskda birinchi parvozni amalga oshirdi. Bu haqda Irkutsk aviatsiya zavodidagi manba ma’lum qildi, deb xabar beradi “TASS”.
“Parvoz, rejalashtirilganidek, risoladagidek o‘tdi”, — dedi qo‘shimcha izoh berishdan tiyilgan manba.
Hodisa guvohlari Youtube’da bir necha video joylashtirdi. Ulardan birida samolyot to‘planganlar ustidan uchib o‘tayotgani, tomoshabinlar esa chapak chalayotganini ko‘rish mumkin.
MS-21 Rossiyada ishlab chiqariladigan ilk o‘rta magistraldagi samolyot bo‘lib, 211 yo‘lovchi o‘rniga ega. Hozirda laynerga buyurtmalar soni 285 tani tashkil etadi, bundan 185 havo kemasi uchun dastlabki mablag‘ to‘lab ham bo‘lingan.
https://youtu.be/n1bMYv5JQNw
Izoh (0)