Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyatida qishloq xo‘jaligi sohasida amalga oshiriladigan loyihalar bilan tanishdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Andijon viloyati Ulug‘nor tumanida tashkil etiladigan 2 ming bosh qoramol va 10 ming bosh naslli echki boqishga mo‘ljallangan chorvachilik kompleksi va sutni qayta ishlash loyihasining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Prezident taqdimotda ishtirok etdi.
Davlat rahbari aholini sifatli sut va sut mahsulotlari bilan ta’minlash muhim vazifalardan biri ekanligini ta’kidladi.
Shuningdek, davlat rahbari chorvachilikni yanada rivojlantirish bo‘yicha kerakli tavsiyalar berdi. Fermer xo‘jaligining ushbu loyihasini har taraflama qo‘llab-quvvatlash lozimligini ta’kidladi.
Izoh (0)