O‘zbekiston milliy terma jamoasining sobiq bosh murabbiylaridan biri Vadim Abramov Farg‘onaning “Neftchi” klubini qabul qilib oldi, deb xabar berdi “Championat.asia” nashri.
Abramov “Neftchi” tepasiga Tohir Kapadze klub vitse-prezidenti etib tayinlanidan so‘ng tashrif buyurdi. Bunga qadar u 1991—1992-yillar davomida ham shu klubda, boshqa lavozimda mehnat qilgandi.
“Neftchi” O‘zbekiston Oliy ligasidagi 16 ta klub orasida 15-o‘rinni egallab turibdi. Shu boisdan Farg‘ona viloyati hokimi Shuhrat G‘aniyev klubda to‘rt kun avval yig‘ilish o‘tkazgan bo‘lib, Rustam Abdullayev hamda Murod Ismoilov o‘sha kuni o‘z arizasiga ko‘ra ishdan bo‘shagan, Andrey Fyodorov esa bosh murabbiy topilgunicha vaqtincha ishlab turishi belgilangandi.
Ma’lumot uchun, Vadim Abramov O‘zbekiston milliy va olimpiya termalariga ustozlik qilganida, “Neftchi”ning hozirgi vitse-prezidenti Tohir Kapadze unga yordamchi bo‘lgan.
Vadim Abramovning so‘nggi ish joyi Toshkentning “Lokomotiv” klubi edi. “Neftchi”dagi bu o‘zgarishlar klub aynan “temiryo‘lchilar”dan 0:4 hisobida yengilganidan so‘ng bo‘lib o‘tdi.
Izoh (0)