Efiopiyada maktab imtihonlarida ko‘chirmakashlikning oldini olish uchun bir haftaga internet o‘chirib qo‘yiladi. Bu haqda, Daily Mail’ga asoslanib, “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Aytilishicha, butun mamlakatda 8-iyunga qadar internet o‘chiriladi.
O‘tgan yili imtihon variantlari internetda tarqalib ketgani bois hukumat sinovlarni ko‘chirishga majbur bo‘lgan, negaki ularning natijalari universitetga kirishga ta’sir qiladi.
Efiopiya hukumat ishlari ofisi vakili Muhammad Seydning so‘zlariga qaraganda, bu qadam o‘tgan yilgi holatning oldini olishga qaratilgan.
Izoh (0)