Avvalroq, GM Uzbekistan o‘zining Facebook’dagi rasmiy sahifasida 1-iyundan o‘zi ishlab chiqargan barcha avtomobillarni O‘zbekistonda faqat so‘mda sotadi, deya xabar bergandi.
“Daryo” nashri muxbiri bugun 1-iyun bo‘lganligi munosabati bilan avtosalon xodimlari bilan bog‘lanib narxlar haqida ma’lumot olishga harakat qildi. Biroq ish vaqti boshlanganiga qaramay Toshkentdagi “Rohat” avtosaloni ham Driver’s Village avtosaloni ham qo‘ng‘iroqlarga javob bermadi.
Toshkent shahrida eng katta hisoblangan “Rohat” avtosalonining internetdagi rasmiy sayti texnik sabablarga ko‘ra ishlamayapti.
Driver’s Village avtosaloning rasmiy saytida esa avtomobillar eski narxlarda ko‘rsatilgan holatda turibdi.
Izoh (0)