Italiyadagi Concorso d’Eleganza Villa d’Este shinamlik tanlovida o‘tkazilgan RM Sotheby’s kimoshdi savdosi chog‘ida haydalmagan noyob Porsche 911 sotildi. Avtomobil 2 016 000 yevroga sotib olindi, deb xabar beradi Motor.
Ushbu avtomobil — 1993-yili chiqarilgan trekli Carrera RSR 3.8 dir. Sportkarning jami 51 ekzemplyari chiqarilgan, ammo ushbu mashina deyarli butun “umri” davomida joyida turgan: u bor-yo‘g‘i 10 kilometr yurgan.
Sportkar 964 avlod modeli asosida qurilgan. Kuzov Turbo-modifikatsiyadan olingan, dvigatel esa 350 ot kuchiga ega 3,8 litrlik qurilmadir. Norasmiy ma’lumotlarga qaraganda, real kuch zavod ma’lumotlaridan biroz farq qilib, 375 ot kuchiga tengdir.
Izoh (0)