AQShning Missisipi shtatidagi Linkoln okrugida ro‘y bergan otishma oqibatida sakkiz kishi halok bo‘ldi. Bu haqda, AP’ga asoslanib, “RBK” xabar bermoqda.
Halok bo‘lganlar orasida okrug sherifining o‘rinbosari ham bor. Gumondor qo‘lga olindi, deb xabar qildi shtat taftish byurosi vakili Uorren Streyn.
Otishma 27-may kuni uchta uyda sodir bo‘ldi. Brukxeyvendagi ikkiat va Bug Chittodagi bitta uyga hujum uyushtirilgan. Tergovchilar har uch joydan daliliy ashyolar to‘plamoqda.
Gumondorga nisbatan hozircha ayblov ilgari surilmadi. Uning motivlari ham noma’lum bo‘lib qolmoqda.
Izoh (0)