AQSh boshchiligidagi xalqaro koalitsiya aviatsiyasining Suriyaning Dayr az-Zavr viloyatida amalga oshirgan zarbalari oqibatida 25 tinch fuqaro halok bo‘ldi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
Zarba Mayadin shahriga berildi. Halok bo‘lganlar orasida ayollar, bolalar bor. O‘nlab odamlar jarohat oldi.
Aytilishicha, zarba gavjum bozorga va to‘rt qavatli binoga berilgan, buning natijasida bino butunlay vayron bo‘lgan.
Izoh (0)