Fransiyalik tergovchilar uchuvchi kabinasida turgan smartfonlarning o‘z-o‘zidan yonib ketishi A320 Egypt Air samolyotining O‘rta Yer dengizida halokat uchrashiga sabab bo‘lishi mumkinligi haqidagi versiyani tekshiradi. Bu haqda, Le Parisien gazetasiga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
Aytilishicha, mutaxassislar A1455 modelidagi uchta iPad Mini planshetlarini, shuningdek, uchtadan yangi va ishlatilgan iPhone 6S smartfonlarini tekshiruvdan o‘tkazadi. Tekshiruv yakunlari bo‘yicha hisobot 30-sentabrda taqdim etilishi rejalashtirilmoqda.
Apple kompaniyasi aviahalokatni kompaniya mahsuloti bilan bog‘laydigan hech qanday isbot yo‘qligini aytishga shoshildi. Kompaniya vakillari, shuningdek, tergovchilarining barcha savollariga javob berishga tayyorliklarini bildirdi.
Izoh (0)