Toshkent shahrining Shayxontohur tumanida Matiz’ning temir panjaraga urilishi oqibatida yo‘lovchilardan biri halok bo‘ldi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB rasmiy sayti xabar bermoqda.
“23-may kuni taxminan soat 16:30 da haydovchi Xolmatov Sherzod Matiz rusumli avtoulovni Toshkent shahar Shayxontohur tumani Nurafshon ko‘chasi bo‘ylab boshqarib kelib, boshqaruvni yo‘qotgan holda yo‘l chetiga chiqib ketgan va katta tezlikda piyodalar yo‘lagi temir panjara ustuniga to‘qnashgan. Yo‘l transport hodisasi natijasida avtoulovning uch nafar yo‘lovchilari turli xil darajadagi tan jarohatlari olgan va ularning biri shifoxonaga olib ketilayotgan vaqtda vafot etgan”, — deyiladi xabarda.
Holat yuzasidan IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 266-moddasi 2-qismi (Transport vositasini foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish odam o‘limiga sabab bo‘lsa) bilan jinoyat ish qo‘zg‘atildi.
Izoh (0)