Toshkent moliya institutining rektori etib Nizomiddin Haydarov tayinlandi. UZ24’ning xabar berishicha, mazkur ma’lumotni TMI ma’muriyati tasdiqlagan.
Nizomiddin Haydarov — iqtisod fanlari doktori, professor. Bundan avval Toshkent moliya institutining o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori lavozimida faoliyat yuritgan.
Toshkent moliya institutining sobiq rektori Bahodir Begalov joriy yilning may oyida Davlat statistika qo‘mitasi rahbarligiga tayinlangandi.
Izoh (0)