Abdug‘ani Sanginov Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq 19-may kuni “O‘zbekgidroenergo” aksiyadorlik jamiyatining boshqaruv raisi etib tayinlandi, deb xabar berdi “Gazeta.uz”.
Bungacha Sanginov O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi “O‘zsuvenergo” birlashmasiga rahbarlik qilib kelayotgandi.
“O‘zbekgidroenergo” aksiyadorlik jamiyati O‘zbekiston Prezidentining 18-maydagi farmoni bilan “O‘zbekenergo” aksiyadorlik jamiyati tarkibiga kirgan gidroelektrstansiyalar, gidrotexnik va gidroenergetika bilan bog‘liq boshqa bo‘linmalar, shuningdek Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining “O‘zsuvenergo” birlashmasi bazasida tashkil etilgan edi. Yangi tuzilma respublikaning gidroelektr salohiyatidan samarali foydalanish masalalari bilan shug‘ullanadi.
Izoh (0)