Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Volgograddagi bank filiallaridan birining g‘aznachisi 8,8 million rubl hamda 80 mingdan ortiq chet el valyutasini (dollar va yevro) o‘g‘rilashda gumon qilinmoqda. Bu haqda Volgograd viloyati IIBB vakili Anton Kornauxovga asoslanib, “TASS” xabar berdi.

Foto: “RIA Novosti”

Foto: “RIA Novosti”

“Politsiyaga bank boshqaruvchisi murojaat qildi va 8,8 million rubl va 80 mingdan ortiq chet el valyutasi kamomadi haqida xabar berdi. 1974-yilda tug‘ilgan bank g‘aznachisi Yekaterina Oniani voqea yuzasidan gumon qilinmoqda. Hozirda Yekaterinaga nisbatan federal va xalqaro qidiruv e’lon qilingan”, — deb Koxnauxov so‘zlaridan parcha keltiradi agentlik.

Uning so‘zlariga ko‘ra, 22-may, dushanba kuni ayolning bankdagi so‘nggi ish kuni bo‘lgan. “U o‘z xohishi bilan yozgan arizaga ko‘ra, so‘nggi ish kuniga kelishi va ishni topshirishi kerak edi. Biroq u ishga chiqmadi. Uning turmush o‘rtog‘i ikki hafta oldin Gruziyaga jo‘nab ketgani ma’lum. Shuningdek, u biroz oldin maktabdan o‘zining ikki nafar farzandini hujjatlarini olib, qayergadir jo‘natib yuborgan”, — dedi Kornauxov.

Onianiga nisbatan jinoiy ish ochilgan bo‘lib, u 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Onlayn firibgarlik: fishing nima va undan qanday himoyalanish kerak?
Dunyo
Harbiy xizmatdan bosh tortganlik uchun 10 yilgacha qamoq: Putin safarbarlik yuzasidan qonun imzoladi
Dunyo
Borrel: Putinning yadroviy tahdidlarini jiddiy qabul qilish kerak