AQSh prezidenti Donald Tramp Falastin muxtoriyati yetakchisi Mahmud Abbos bilan uchrashuv chog‘ida Falastin va Isroil o‘rtasidagi tinchlik jarayoni qaytadan boshlanishi uchun qo‘lidan kelgan ishni qilishga va’da berdi. Bu haqda “Gordonua.com” xabar bermoqda.
“Prezident Abbos bilan birgalikda biz kelajakka boqamiz va boshqa muhim yo‘nalishlar — terrorga qarshi kurash hamda Falastin iqtisodiyotini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ishlaymiz”, — qo‘shimcha qildi Oq Uy boshlig‘i.
O‘z navbatida, Abbos uning fikrlariga qo‘shilishini bildirib o‘tdi.
“Umid qilamanki, Tramp tarixga falastinliklar va isroilliklar o‘rtasida tinchlikka erishishda jonbozlik ko‘rsatgan inson sifatida kiradi”, — dedi u.
Izoh (0)