Arab mamlakatlari aholisi Ramazon oyida o‘z rejissorlaridan yuzlab kinopremyeralar kutmoqda. Jumladan, butun dunyoga mashhur “Taxtlar o‘yini” serialining arabcha versiyasi joriy yilda efirga uzatiladi, deb xabar beradi “TASS”.
“Orxideya” filmi muallifining so‘zlariga qaraganda, mazkur loyiha miqyosi jihatidan arab dunyosida mislsiz hodisa bo‘ladi.
“Birinchi marta fentezi yaratmoqdamiz va barcha mashhurlarni bir yerga to‘plamoqdamiz”, — tushuntirdi rejissor.
Suriyalik rejissor Xotam Alining loyihasi o‘ylab topilgan podshohliklar o‘rtasidagi kurashlardan hikoya qiladi. Suratga olish jarayonlari Fransiya va Ruminiyada bo‘lib o‘tdi. Kino Suriya, Ruminiya va Polsha vakillaridan iborat jamoa tomonidan tayyorlanmoqda.
Film ijodkorlarining tan olishicha, ular Ossuriya, Shumer va Qadimgi Misr tarixidan ilhomlangan.
Izoh (0)