Afsonaviy italiyalik tenor Andrea Bochelli 8-iyun kuni O‘zbekistonda konsert beradi, deb yozadi UzDaily. Konsert O‘zbekiston Madaniyat vazirligi hamkorligida va Alisher Usmonov homiyligida tashkil qilinmoqda.
Bu Andrea Bochellining Toshkentdagi birinchi yakkaxon konsert dasturi bo‘ladi. Dasturdan klassik asarlar va ommabop xit qo‘shiqlar o‘rin oladi.
Musiqachiga orkestr va xor jo‘r bo‘ladi. Andrea Bochelli bilan bir sahnada maxsus mehmonlar ham chiqish qiladi.
Izoh (0)