Rossiya chegarasini mototsiklda kesib o‘tishga uringan avstraliyalik Blagoveshchenskdan chiqishda yengil avtomobil ishtirokida avariyaga uchradi. Bu haqda 22-may, dushanba kuni “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Amur bayk-klubi vakili Maksim Sheykinning ma’lum qilishicha, avstraliyalik Bred Vladivostokdan Blagoveshchenskka yo‘lda tanishgan koreyalik mototsiklchilar bilan yetib kelgan. “U butun mamlakatimiz bo‘ylab o‘tib, keyin Yevropaga borish va o‘z safarini Londonda yakunlashni rejalashtirgan edi” — deydi Sheykin.
U sayohatchi Amur shifoxonasiga yetkazilganligi biroq shifokorlar uning hayotini saqlab qola olmaganligini qo‘shimcha qildi.
“Amur Info” portalining aniqlik kiritishicha, Blagoveshchenskdan chiqishdagi trassada Toyota Probox avtomobili ortida mashinalar to‘planib qolgan. Haydovchilar Toyota’ni quvib o‘ta boshlagan. Mototsiklchi ham uni quvib o‘tishga qaror qilgan. Probox kutilmaganda chapga burilib, sayohatchini uloqtirib yubordi.
Izoh (0)