Kanadalik dasturchilar jamoasi Ukrainians ijtimoiy tarmog‘ini yaratishga kirishdi. Ushbu g‘oya o‘n minglab ukrainalik foydalanuvchilar tomonidan qo‘llab-quvvatlangan edi, deb xabar bermoqda “ASN Ukraina”.
Ijtimoiy tarmoq asoschilaridan biri Aleksandra Strumchinskaya videomurojaat chiqarib, unda 50 ming kishi tarmoqni ma’qullaganini bildirdi.
Ukrainalik foydalanuvchilar uchun ijtimoiy tarmoq yaratish g‘oyasini kanadalik 30 dasturchini birlashtirgan StartupSoft kompaniyasi ilgari surgan edi. Ular 1-iyunga qadar ishlanmani 50 ming kishi ma’qullasa ishga kirishishini bildirgan edi. Ammo zarur miqdordagi ovozlar uch kunda to‘plandi. 23-may holatiga ko‘ra g‘oyani qo‘llab-quvvatlab ovoz berganlar soni 67 mingi kishini tashkil etmoqda.
Dasturchilar ijtimoiy tarmoqni to‘rt oyda ishga tushirishni rejalashtirmoqda. U web, iOS va Android platformalarida ishlaydi.
Izoh (0)