17-may kuni Ibitsa aeroportiga xizmat ko‘rsatuvchi klining kompaniyasi xodimlari ish tashlash e’lon qildi. Aeroport bir necha kun ichida chiqindixonaga aylandi, hojatxonalardan foydalanish esa muammoga aylandi. Bu haqda easyJet aviakompaniyasi tarqatgan ma’lumotlarga tayanib, National Geographic xabar bermoqda.
Dam olish mavsumi boshlanmaganligiga qaramasdan Ibitsa dam oluvchilar bilan to‘la. Aviakompaniya ish tashlashda easyJet’ning aybi yo‘qligini ma’lum qiladi va yo‘lovchilardan sabr qilishni so‘raydi.
Sayyohlar tomonidan ijtimoiy tarmoqlarga joylangan suratlarga ko‘ra, aeroportdagi chiqindilar hamon yig‘ib olinmagan. Odamlar nafaqat chiqindilarning ulkan uyumlari ustidan o‘tishga majbur bo‘lmoqda, balki qog‘oz va sovun ham bo‘lmagan iflos hojatxonalardan foydalanish ham muammoga aylangan.
Farroshlar ishiga qachon qaytishi noma’lum. Aeroport saytida mazkur muammo va uni hal etish yo‘llari haqida hech qanday ma’lumot yo‘q.
Izoh (0)