Amerikalik taniqli xonanda Ariana Grande Manchester shahrida uyushtirgan konserti chog‘ida ro‘y bergan terakt tufayli Yevropa bo‘ylab Dangerous Woman nomli gastrol safarini bekor qildi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
Twitter’dagi sahifasida yosh xonanda chuqur qayg‘uda ekanligini ta’kidlab o‘tdi.
https://twitter.com/ArianaGrande/status/866849021519966208
Grande, Buyuk Britaniyadan tashqari, Belgiya, Polsha, Germaniya va Shveysariyadada konsert berishi kutilayotgan edi.
Eslatib o‘tamiz, Manchester Arena stadionida 22-may, dushanba kuni Ariana Grandening konserti vaqtida portlash sodir bo‘ldi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, stadiondagi portlash oqibatida 22 kishi halok bo‘lgan, 59 kishi jarohatlangan. Hodisa uchun javobgarlikni IShID terrorchilik guruhi o‘z zimmasiga oldi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)