Sitsiliya mafiyasi rahbarlaridan biri — 67 yoshli Juzeppe Dainotti 22-may kuni Palermo shahri markazida otib o‘ldirildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Guvohlarning so‘zlariga qaraganda, Dziza tumanidagi o‘q ovozlari mahalliy vaqt bilan ertalabki soat 8:00 da eshitilgan. Mafiya rahbari o‘sha payti ko‘chadan velosipedda o‘tayotgan edi. Uning tanasini mahalliy ayollardan biri topib oldi.
Dainottining boshiga o‘q uzildi. Taxminlarga ko‘ra, qotillar ikki kishi bo‘lib, ular voqea joyiga mototsiklda kelgan. Dastlabki ma’lumotlarga qaraganda, huquq-tartibot organlari “Koza nostra”ning turli “avlod”lari o‘rtasidagi hisob-kitob qotillikka sabab bo‘lganini aytmoqda.
Izoh (0)