O‘zbekiston va Tailand terma jamoalari o‘rtasidagi 6-iyun kuni bo‘lib o‘tadigan xalqaro o‘rtoqlik uchrashuviga “Bunyodkor” stadioni mezbonlik qiladi. Bu haqda O‘FF matbuot xizmati xabar berdi.
12-iyun kuni Samvel Babayan murabbiylik qilayotgan O‘zbekiston terma jamoasi Tehronda Eronga qarshi bahs olib boradi. JCh—2018 saralash bosqichidan o‘rin olgan bellashuvda forslar zafar quchsa, Rossiya mundiali chiptasini qo‘lga kiritadi.
Tailandga qarshi bellashuv Eron bilan bilan o‘yinga tayyorgarlik vazifasini o‘tab beradi. Uchrashuv 20:00 da start oladi.
Eron esa O‘zbekiston termasiga qarshi o‘yinga tayyorgarlik yo‘lida Chernogoriya bilan bellashib ko‘radi. Mazkur uchrashuv 4-iyun sanasiga tayin qilingan.
Ma’lumot uchun, Tailand termasi JCh—2018 saralashida O‘zbekiston kabi 7 ta uchrashuv o‘tkazgan bo‘lib, shularning faqatgina 1 tasida durang o‘ynadi va 6 o‘yinda raqiblariga imkoniyatni boy berdi.
Bo‘lajak raqib Eron esa 7 uchrashuvning 5 tasida zafar quchgan va 2 tasida durang o‘ynagan. Shuningdek, o‘z darvozasidan gol o‘tkazib yubormagan.
Izoh (0)