7,9 milliard funt sterling qiymatdagi aktivlarni boshqarayotgan Angliya cherkovi o‘z xo‘jalik-moliya faoliyati hisobotida 2016-yili investitsiyalaridan 17,1 foiz daromad ko‘rganini bildirdi. The Guardian’ga ko‘ra, bu ko‘rsatkichga ko‘plab mashhur investitsion jamg‘armalar hasad qilsa arziydi. O‘tgan yil yakunlariga ko‘ra cherkov Buyuk Britaniyaning eng muvaffaqiyatli investori bo‘ldi.
Buyuk Britaniya bo‘yicha investitsiyalardan ko‘rilgan o‘rtacha daromad ko‘rsatkichi 8,8 foizni tashkil qildi. Nil Vudford boshqaruvidagi Woodford Equity Income jamg‘armasida bu ko‘rsatkich 3,2 foizga teng bo‘ldi. Oxirgi o‘n yil davomida cherkov shuningdek Yel jamg‘armasidan biroz o‘zib ketdi — u Financial Times reytingida ushbu sektordagi eng omadli jamg‘arma deb baholanadi.
Angliya cherkovi vakillari o‘z muvaffaqiyatini Brexit’dan so‘ng funt sterling kursining tushishi bilan tushuntirmoqda. Tashkilot kursdagi tafovut tufayli daromadining yarmini topdi.
Izoh (0)