Hindiston shimolidagi Uttarakxand shtatidagi tog‘da joylashgan Badrinatx ibodatxonasiga tashrif buyurgan qariyb 14 ming ziyoratchi kuchli ko‘chkilar oqibatida tashqi dunyodan uzilib qoldi. Bu haqda Times of India gazetasiga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ziyoratchilar orasida jabrlanganlar yo‘q. Ko‘chkilar Chamoli okrugidagi Rishikesh–Badrinatx shossesining 60 metrini yopib qo‘ygan. Aynan mana shu shosse ibodatxona majmuasiga eltadigan yagona yo‘l hisoblanadi. Ibodatxona Himolay tog‘i etaklarida joylashgan.
Mahalliy rasmiylar ziyoratchilarga yordam berishga tayyor ekanini ma’lum qildi. Yo‘l xizmati xodimlari shosseni tozalash bo‘yicha ishlarni boshlab yubordi. Yo‘l bugun kechga yaqin tozalab bo‘linishi kutilmoqda.
Izoh (0)