Koreya Respublikasi va AQSh harbiylari birgalikda mashg‘ulotlar o‘tkazib, KXDRga desant tushirish va uning yadro obyektlarini vayron qilishni mashq qildi, deb yozadi “TASS” KBS radiosiga tayanib.
Warrior Strike-7 manyovrlari Kyongido provinsiyasi Iychjonbu shahridagi Amerika bazasida va Pxochxon shahridagi poligonda o‘tkazildi.
Desant tushirish Koreya Respublikasi harbiy-dengiz kuchlarining “Tokto” universal desant kemasidagi vertolyotlardan amalga oshirilgan.
Radiostansiya ta’kidlashicha, amerikaliklar desantlar mashqlari uchun birinchi marta Janubiy Koreya kemasidan foydalangan.
Izoh (0)