O‘zining Aleksey Navalniyga qaratilgan videomurojaatini milliarder Alisher Usmonov muxolifatchiga nisbatan da’vo bo‘yicha sud majlisiga to‘g‘rilagan. Bu haqda biznesmenning vakili “RBK” nashriga ma’lum qildi.
“Usmonov — Navalniy bergan savollarga javob qilishga va jamoatchilikka Navalniy juda ko‘p yolg‘on gapirishi yoki ko‘zbo‘yamachilik qilishini ko‘rsatib berishga tayyor bo‘lgan kamdan-kam odamlardan biri”, — dedi u.
“RBK”ning milliarderga yaqin manbasi aytishicha, rolikni Usmonov o‘zining Dilbar yaxtasida, shtativga o‘rnatilgan iPhone 7 Plus orqali yozib olgan. Suratga olish ishlari yaxtada bo‘lib o‘tganini Navalniy o‘z ko‘rsatuvida tasdiqladi.
Ushbu murojaat Usmonov tomonidan o‘z tashabbusi bilan va hukumat bilan kelishuvsiz yozib olingan. Bu haqda nashrga federal mansabdor ma’lum qildi. Shu bilan birga, milliarder aprel o‘rtasida Navalniyga qarshi bergan da’vo Kreml bilan kelishilgan edi.
Avvalroq muxolifatchi Aleksey Navalniy internetga tadbirkor Alisher Usmonovga qaratilgan videomurojaatni joylab, uni debatda ishtirok etishga chaqirgan edi.
Izoh (0)