AQSh Harbiy-dengiz kuchlari Koreya yarimoroliga u yerdagi Carl Vinson kemasiga qo‘shimcha ravishda Ronald Reagan aviatashuvchisini yubordi. Bu haqda harbiy doiralardagi manbalariga tayanib, CNN xabar bermoqda.
Aviatashuvchi texnik xizmat ko‘rsatish va tegishli sinovlardan o‘tgandan keyin Yaponiyaning Yokosuka portidan 16-may, seshanba kuni yo‘lga chiqdi. Belgilangan joyga yetib kelgandan keyin harbiy kema ekipaji samolyotlarni xavfsiz uchirish va qo‘ndirishni ishlab chiqadi.
Shuningdek, Ronald Reagan va Carl Vinson hududdagi keskinlikni o‘sib borishi fonida birgalikdagi manyovrlarda ishtirok etadi.
Carl Vinson Yapon dengiziga 29-aprel kuni kirib kelgan edi.
Izoh (0)