Hech kimga sir emaski, “piratskiy” dasturiy ta’minot uning litsenzion versiyasiga qaraganda ko‘proq ommalashgan. Buning sababi — narxlar. Haqiqatdan ham foydalanuvchini qo‘shni do‘kondan 10—15 ming so‘mga sotib olish yoki dasturchi do‘sti uni tekin o‘rnatib berishi mumkin bo‘lganda, Windows 10 diskini 100 dollarga sotib olish shartmi degan savol o‘ylanlantiradi.
Sizga litsenziyaga ega bo‘lmagan dasturiy ta’minotni o‘rnatish orqali qanday muammolarga duch kelish mumkinligi haqida batafsil to‘xtalmoqchi emasmiz. Viruslar, yangilash bilan bog‘liq muammolar, texnik qo‘llab-quvvatlashning mavjud emasligi va boshqa ko‘plab yoqimsiz vaziyatlar haqida ko‘pchiligimiz eshitganmiz. Yaxshisi, litsenzion versiyani o‘rnatish qanday afzalliklarga ega ekanligini hikoya qilamiz. Ular esa haqiqatan bir talay.
Windows 10 ning litsenzion versiyasi nega kerak?
Microsoft’ning ta’kidlashicha, Windows 10 operatsion tizimning oxirgi versiyasidir. Ya’ni na Windows 11, na Vista+ ni kutishga hojat yo‘q (mutaxassislar fikricha, har holda keyingi besh yil davomida). O‘ninchi versiya to‘ldirilib va yangilanib boriladi. Yangilab borish esa faqat “toza” versiya egalari uchun amal qiladi. Win 10 kompaniya taqdim etadigan sinalgan manbalar tomonidan avtomatik ravishda yangilab turiladi. Yangilash davomida virus yuqtirib olish imkonsiz, operatsion tizimingiz esa Microsoft’ning barcha yangi ishlanmalari talablariga javob beradi.
Ishda yoki uyda
Litsenzion Windows 10 bilan ma’lumotlaringizni sinxronlashtirish yordamida bir nechta kompyuterda, masalan, ishda yoki uyda ishlash mumkin. U, shuningdek, dasturiy ta’minot bazasida planshetlar va smartfonlarda ham ishlaydi.
Ma’lumotlarni himoyalash
Axborot asrining kirib kelishi bilan yer va kapitalga egalik qilish emas, axborot egaligi birinchi o‘ringa chiqdi. Hozirgi paytda shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish eng dolzarb masalalardan biriga aylanmoqda.
Aynan shu masalada litsenzion versiya o‘z ustunligini namoyish qiladi. Windows 10 ni qo‘lga kiritish bilan siz ma’lumotlar uchun yuqori ishonchlilik bilan ajralib turuvchi himoyalangan bulutli saqlash joyiga ega bo‘lasiz. Dasturiy ta’minotning “piratskiy” versiyasida xavfsizlikni hech kim kafolatlamaydi.
Tekin soft va texnik ko‘mak
Original versiyaning WindowsStore dasturlar katalogida ko‘plab foydali va ko‘ngilochar dasturlar, ilovalar va kengaytmalarni topishingiz mumkin. Bundan tashqari, biror nosozlik yuzaga kelgan taqdirda servis texnik ko‘magidan foydalanishingiz mumkin.
Rasmiy versiyani qayerdan topish mumkin?
Afsuski, ko‘plab do‘konlarda (yirik do‘konlarda ham) kompyuterlar “piratskiy” Windows bilan sotiladi. Agar funksional dasturiy ta’minotdan to‘liq bahramand bo‘lishni istasangiz sinalgan kompaniyalarga murojaat qilishingiz kerak.
AvTech — Microsoft Direct OEM bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri hamkor maqomiga ega bo‘lgan O‘zbekistondagi yagona kompyuter texnikalari ishlab chiqaruvchisidir.
Litsenzion Windows 10 chegirma bilan
Iyul oyi oxiriga qadar AvTech’da aksiya: ushbu markadagi kompyuterni xarid qila turib, bor-yo‘g‘i 188 999 so‘m evaziga oldindan o‘rnatilgan litsenzion Windows 10 ga ega bo‘lasiz. Qolaversa, kompaniya saytida sistema bloki, ekran, klaviatura va boshqa tarkibiy qismlarni o‘z xohishingizga qarab tanlab, o‘zingiz uchun ideal kompyuterni “yig‘ishingiz” mumkin.
Ishlab chiqaruvchida narxlar 1 500 000 so‘mdan boshlanadi. Uni istalgan shaklda (naqd, terminal, Click), hatto bo‘lib-bo‘lib to‘lash mumkin. Yoqimli bonus: kompaniya Toshkent bo‘ylab tekin hamda butun O‘zbekiston bo‘ylab pullik (unchalik qimmat bo‘lmagan) yetkazib berish xizmatini amalga oshiradi. Bundan tashqari, saytda muntazam chegirmalar amal qiladi: omadingiz chopsa, kompyuterni 20 foizlik chegirma bilan xarid qilishingiz mumkin.
Yanada batafsil ma’lumotni quyidagi manzillarda olishingiz mumkin:
- Telefon: 200-33-66
- Veb-sayt: www.avtech.uz
- Telegram: https://t.me/avtechshop
- Instagram: @avtech.uz
- Facebook: https://www.facebook.com/avtech.uz/
- VK: https://vk.com/avtech_computers_av
- OK: https://ok.ru/group/53237552906371
Izoh (0)