Tog‘ chang‘isi bilan shug‘ullanuvchi britaniyalik Jeymi Mallner chuqurligi 20 metr bo‘lgan daraga qulashini tasvirga oldi. Hodisa Shveysariya Alplaridagi Saas-Fe kurortida sirpanish davomida yuz berdi, deb yozadi TJournal.
Mallner trassadagi yoriqlardan birini payqamay qolgan va yer tagiga qulab tushgan.
“Men yaxshiman, biroq chiqib olishim uchun yordam zarur”, — deya xabar qildi u do‘stlariga.
Sportchi jiddiy shikast olmadi va ratsiyani ham sindirib qo‘ymaganligi tufayli uning yordamida qutqaruvchilar bilan bog‘landi. Ular tezda Mallnerni topib, uni yuqoriga olib chiqdi.
Izoh (0)