Rossiya prezidenti Vladimir Putin amerikalik hamkasbi Donald Tramp Sergey Lavrov bilan uchrashuv chog‘ida terrorga qarshi kurash bo‘yicha razvedka ma’lumotlarini Rossiya tomoniga taqdim qilgani haqidagi xabarlarga izoh berdi. Uning fikricha, AQShda siyosiy shizofreniya rivojlanmoqda, deb xabar beradi “TASS”.
“Shu bilan bir paytda biz ko‘ryapmizki, AQShda siyosiy shizofreniya rivojlanmoqda, amaldagi prezidentning Lavrovga maxfiy razvedka ma’lumotlarini taqdim qilgani haqidagi ayblovlarini boshqacha tushuntira olmayman”, — dedi Rossiya yetakchisi.
Putin Lavrov bilan bu haqda gaplashganini aytib, hazilomuz tarzda tashqi ishlar vaziri “sirlarni biz bilan baham ko‘rmagani uchun” hayfsan olishini aytib o‘tdi.
Oldinroq The Washington Post nashri Donald Tramp Oq Uydagi muzokaralar chog‘ida Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov va Rossiyaning AQShdagi elchisi Sergey Kislyakka mutlaqo maxfiy ma’lumotni yetkazganligini taxmin qilgandi. Senat vakili Jon Makkeyn AQSh prezidenti maxfiy axborot bilan bo‘lishish huquqiga egaligini aytgan edi.
Tramp ham Twitter orqali buni tasdiqladi.
Izoh (0)