AQSh prezidenti Donald Tramp davlat rahbari sifatida Rossiya bilan terrorga qarshi kurash bo‘yicha ma’lumotlarni bo‘lishish huquqiga ega bo‘lganini ta’kidlab o‘tdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Uning qo‘shimcha qilishicha, Rossiya vakillariga taqdim etilgan ma’lumotlar terrorga, xususan, IShID guruhiga qarshi kurashga ko‘mak beradi.
“Prezident sifatida Oq Uyda o‘tgan uchrashuvda ushbu faktlarga Rossiya tomoni bilan bo‘lishishni istagan edim”, — deb yozdi u Twitter’dagi sahifasida.
“Bu faktlar terror hamda aviaparvozlar xavfsizligiga oid edi. Shuningdek, men Rossiya IShID va terrorga qarshi kurashda yanada faollashishini istagan bo‘lardim”, — qo‘shimcha qildi Tramp.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)