G‘azo sektori yaqinida kichik yelkanli kemaning Isroil harbiy-dengiz kuchlari tomonidan o‘qqa tutilishi oqibatida falastinlik baliqchi halok bo‘ldi. Baliqchi o‘z kemasida G‘azo qirg‘oqlaridagi to‘qqiz milyali zonani buzganligi iddao qilinmoqda, deb xabar beradi “TASS”.
G‘azo sektorining shimoliy qismida to‘qqiz milyali ov zonasi qoldirilgan bo‘lib, u yerda falastinlik baliqchilar ishlaydi. Isroil armiyasi xabarnomasida ta’kidlanishicha, harbiylar baliqchidan zonaga qaytishni talab qilgan va dastlab havoga qarata o‘q uzgan.
Ammo baliqchi ularga quloq solmagach, o‘qqa tutilgan. Og‘ir jarohatlar olgan tinch fuqaro Isroil hududidagi shifoxonaga evakuatsiya qilingan va o‘sha yerda vafot etgan.
Izoh (0)