Rossiya prezidenti Vladimir Putin Moskva “Bir kamar — bir yo‘l” loyihasini qo‘llab-quvvatlashi va unda faol ishtirok etishini ma’lum qildi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Davlat rahbari XXR raisi Si Szinpin tomonidan loyiha doirasida shakllantirilgan vazifalar keng ko‘lamli, biroq amalga oshirish oson bo‘lmagan vazifalar ekanligini ta’kidladi.
“Barcha takliflar zamonaviy taraqqiyot bilan hamnafas, favqulodda zarur va yuqori darajada talabgirdir. Aynan shuning uchun Rossiya ‘Bir kamar — bir yo‘l’ loyihasini nafaqat qo‘llab-quvvatlaydi, balki xitoylik hamkorlar va albatta boshqa manfaatdor mamlakatlar bilan uni amalga oshirishda faol ishtirok etadi”, — deya ta’kidladi Putin.
Bundan tashqari, Rossiya rahbari Osiyo va Yevropa o‘rtasida iqtisodiy taraqqiyot va o‘zaro manfaatli savdo kamarini yaratish muhim tashabbus ekanligini ta’kidladi.
Izoh (0)