Marhum malika Diananing sobiq oshig‘i — britaniyalik sobiq zobit Jeyms Xyuitt insult va yurak xurujiga uchrab, shifoxonaga yotqizildi. Bu haqda, The Daily Telegraph nashriga asoslanib, “Interfaks” xabar bermoqda.
Aytilishicha, 58 yoshli sobiq harbiy jarrohlik amaliyotidan so‘ng intensiv terapiya bo‘limida parvarish qilinmoqda.
“Barchasi juda jiddiy bo‘ldi, ammo, umid qilamanki, hozir hammasi joyida. U tuzalmoqda, hozir Ekseterga o‘tkazildi”, — dedi Xyuitt oilasining yaqin do‘sti.
Bir muddat ilgari Xyuitt Sunday Night dasturiga intervyu berib, Diananing kichik o‘g‘li — shahzoda Garrining biologik otasi ekanligi haqidagi mishmishlarni inkor qilgan edi.
Izoh (0)