Toshkentning Yashnobod tumanida yashovchi erkakning uyidan noqonuniy ravishda saqlangan ov quroli topildi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabar bermoqda.
“Toshkent shahrining Yashnobod tumanida 10-may kuni o‘tkazilgan ‘Kompleks’ tadbiri davomida 1960-yili tug‘ilgan, sudlanmagan, Toshkent shahrida yashovchi fuqaro T. Sh. xonadonining yerto‘lasida 16-kalibrli ‘IJ-17’ rusumli o‘qotar ov quroli, 17 dona o‘qlar, ikki dona gilza va 50 gramm poroxni noqonuniy saqlab kelganligi aniqlandi”, — deyiladi xabarnomada.
Tuman IIB tomonidan Jinoyat kodeksining 248-modda 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Izoh (0)