Shimoliy Koreya prokuraturasi biokimyoviy substansiya yordamida mamlakat oliy rahbariyatiga suiqasd uyushtirishga tayyorgarlikda ishtirok etgan jinoyatchilar topshirilishini talab qiladi. Bu haqda KXDR TIV rahbari o‘rinbosari Xan Sen Ryol ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
Diplomat respublika rahbariyatiga qarshi qaratilgan AQSh va Janubiy Koreya maxfiy operatsiyasi tafsilotlari haqida matbuot anjumanida gapirib berdi. Oldinroq KXDR davlat xavfsizligi vazirligi mazkur operatsiya yo‘qqa chiqarilganini bildirgandi.
“KXDR prokuraturasi barcha jinoyatchilar, jumladan, ushbu davlat terrorizmi aksiyasi tashkilotchilari va tashabbuskorlari mamlakat qonunlariga ko‘ra topshirilishiga harakat qiladi”, — deya ta’kidladi Xan Sen Ryol.
Izoh (0)