Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

“Toshkent” telekanalining Poytaxt-Vaziyat ko‘rsatuvida yo‘l harakati xavfsizligi qoidalarini eng ko‘p marotaba buzib, kuzatuv kameralari obyektivlariga eng ko‘p tushgan mashinalar e’lon qilindi. Bu haqda UzNews xabar bermoqda.

Kadr: “Toshkent” telekanali

Kadr: “Toshkent” telekanali

Ushbu reytingda uchinchi o‘rinda 01 J278 HA davlat raqamiga ega “Lada 2107” avtomobili turibdi. 15-martdan buyon ushbu avtomobil videokuzatuv kameralariga 20 marta tushgan — 19 marta tezlikni oshirganlik va bir marta qizil chiroqda o‘tganlik uchun. Umumiy jarima miqdori 3145275 so‘mni tashkil qildi.

Ikkinchi o‘ringa 01 T 885 TA davlat raqamiga ega Chevrolet Spark mashinasi qo‘yildi. Ushbu avtomobil haydovchisi yo‘l qoidalarini 21 marta buzib, 7039425 so‘m miqdorida jarimaga tortildi.

Nihoyat, birinchi o‘ringa 10 J 506 FA davlat raqamiga ega “VAZ 2103” avtomobili munosib ko‘rildi. Qisqa muddatda mazkur avtomobil haydovchisi 32 marta svetoforning qizil chirog‘idan o‘tib ketdi. Uning hisobiga yozilgan jarima miqdori 9435825 so‘mni tashkil etdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Toshkentda sportchi erkak xotini va bolasini ayovsiz kaltaklagani aytildi
Shou-biznes
“U nafaqat guruhdan, balki san’atdan ham ketdi”. “VIA Marokand” xonandasi Asal Zokirova guruhni tark etdi (video)
Biznes
Markaziy Osiyoda Rossiyaning ko‘chmas mulk bozoriga qiziqish ortib bormoqda