Boks bo‘yicha Osiyo chempionatiga mezbonlik qilayotgan O‘zbekiston terma jamoasi oltinchi oltin medalni qo‘lga kiritdi.
7-may kungi janglar Hasanboy Do‘stmatovning g‘alabasi bilan boshlangan bo‘lsa, keyinroq Jasur Latipov muvaffaqiyatli yurishni davom ettirdi va janubiy koreyalik raqibini taslim qildi.
Ma’lumot uchun, final janglarida ringga chiqqan olti bokschining barchasi oltin medalga sazovor bo‘ldi. Oldinda o‘zbekistonliklar uchun yana uchta final jangi bor.
Izoh (0)