Rio—2016 Olimpiadasi chempionligini qo‘lga kiritgan o‘zbekistonlik Hasanboy Do‘stmatov Osiyo chempionatining o‘z vazn toifasida ikkinchi bor tengsiz bo‘ldi.
Toshkentdagi qit’a chempionatining finaliga qadar yetib kelgan sportchi hal qiluvchi jangni mo‘g‘ulistonlik Gan Erdene Ganxuyangga qarshi o‘tkazdi va yakunda g‘olib chiqdi.
Shu tariqa O‘zbekiston terma jamoasining beshinchi bokschisi Osiyo chempionatini g‘alaba bilan yakunladi. Oldinda delegatsiyaning yana to‘rt a’zosini final janglari kutib turibdi.