Dravey shahrida 89 yoshli fransuz byulletenni saylov qutisiga solgan zahoti infarkt oqibatida vafot etdi. Bu haqda 7-may, yakshanba kuni Le Parisien nashri xabar berdi.
Erkak Parijdan 25 kilometr janubdagi Dravey shahrida joylashgan saylov uchastkasiga o‘g‘li bilan keldi. Fuqarolik burchini bajarib bo‘lishi bilan u hushini yo‘qotdi va birozdan so‘ng vafot etdi. Keyinroq ma’lum bo‘lishicha, uning o‘limiga yurak xuruji sabab bo‘lgan.
Hozirgi paytda saylov uchastkasi yopilgan.
7-may, yakshanba kuni Fransiyada davlat rahbari saylovlarining ikkinchi turi bo‘lib o‘tmoqda.
Izoh (0)