Suriyaning Aleppo viloyati ma’muriyati qochoqlarni jangarilardan ozod qilingan o‘z qishloqlariga qaytarish bo‘yicha operatsiyani boshladi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Viloyat gubernatori Hamid Kennoning ma’lum qilishicha, hudud ma’muriyati 12 ming kishini Frot daryosi bo‘yida joylashgan qishloqlarga joylashtirishni rejalashtirgan.
Xabar berishlaricha, aholi joylashtiriladigan qishloqlar hukumat vakillari tomonidan ko‘zdan kechirilgan. Ular bu yerdagi yashash sharoitlari bilan tanishgan, dehqonlarga xo‘jaliklarni tiklash bo‘yicha yordam berish rejalarini tuzgan.
Izoh (0)