Radikal kayfiyatdagi “Tolibon” harakati jangarilari Afg‘oniston shimolidagi Qunduz viloyati nohiyalaridan birini egallab oldi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Mahalliy Tolo News telekanali axborotiga ko‘ra, Afg‘oniston xavfsizlik kuchlari bilan so‘nggi ikki kun davomida bo‘lib o‘tgan ayovsiz janglardan so‘ng jangarilar 6-may, shanba kuni Qal’ai Zol nohiyasini egallagan.
Qunduz viloyati kengashi a’zosi Said Asad Sadatning ma’lum qilishicha, jabrlanuvchilar va qurbonlar haqida hozircha aniq ma’lumotlar yo‘q.
Aprel oyi oxirida “Tolibon” harakati Afg‘onistonda “bahorgi bosqin”ni boshlaganini e’lon qilgan edi.
Izoh (0)