O‘zining triller va dahshatli janrdagi romanlari orqali tanilgan amerikalik yozuvchi Stiven King AQSh prezidenti Donald Trampning yadro tugmasidan foydalana olishini o‘zining har qanday asaridan ham qo‘rqinchliroq deb hisoblaydi. Bu haqda King o‘z Twitter’ida ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
“Bu yigit (Tramp)ning barmog‘i qizil tugma ustida turgani men yozgan har qanday dahshatli hikoyalardan ham qo‘rqinchliroq”, — deyiladi xabarda. “Tramp davlat rahbari lavozimida ishlagan ilk yuz kuni davomida yozgan tvitlar uning ancha aniq portretini chizib berdi: u shaxsiyatning narsissik kasalligining sodda namunasini o‘zida mujassamlashtiradi”, — deb hisoblaydi yozuvchi.
King Trampga nisbatan birinchi marta tanqid bilan chiqish qilishi emas. Prezident saylovlarigacha esa u Trampning saylanishiga yo‘l qo‘ymaslikka chaqiruvchi petitsiya bilan chiqqan 450 dan ortiq amerikalik yozuvchilardan biri bo‘lgan.
Izoh (0)