Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

LG Electronics kompaniyasi O‘zbekistonda sotilayotgan telefonlari assortimentini LG X Power modeli bilan boyitdi, deb xabar berdi “Mobinfo.uz”.

Foto: “Mobinfo.uz“

Foto: “Mobinfo.uz“

Yangili smartfonning asosiy jihati — 4100 mA/soat sig‘imli akkumulyatorga ega ekanligidir. Telefonning qalinligi esa 7,9 millimetrni tashkil etadi. Shuningdek, u tez quvvat olish tizimiga va boshqa mobil qurilmalarni quvvatlantirish xususiyatiga ega.

LG X Power smartfoni 5,3 dyuymli va HD 1280x720 pikselli displey bilan jihozlangan, asosiy kamerasining ajrata olishi 13 megapiksel, frontal kameraniki esa 5 megapikselga teng.

Qurilmaning asosi to‘rt yadroli MediaTek MT6735 protsessori, 2 gigabayt tezkor va 128 gigabaytgacha kengaya oladigan 16 gigabaytli ichki xotiradan (+microSD) iborat. Bundan tashqari smartfonga ikkita SIM-karta ketadi va LTE tarmog‘ida ishlaydi.

Qurilma Android 6.0.1 Marshmallow operatsion tizimida ishlaydi.

 

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
AQSH osmonida razvedkachi havo shari aniqlandi. Pentagon sharni Xitoyga tegishli deb hisoblamoqda (video)
Mahalliy
O‘zbekistonning qator hududlarida 4-fevral kuni ham yomg‘ir yog‘adi
Kino
Kino ijodkorlar tomonidan ishora qilingan, ammo ko‘pchilik payqamagan mashhur filmlardagi detallar (foto)