IShID terrorchi guruhi jangarilari Iroq-Suriya chegarasidagi nazorat-o‘tkazish punktiga hujum uyushtirdi. Buning oqibatida 37 kishi halok bo‘ldi, 30 kishi yaralandi, deb xabar beradi “Kommersant.ru”.
Hujum 2-may ertalabki soatlarida, punktda iroqlik qochqinlar va suriyalik ichki ko‘chgan shaxslar turgan paytda amalga oshirildi. Ular al-Xasaka shahri yaqinidagi qochqinlar lageriga ketayotgan edi.
Hujum Suriya demokratik kuchlari tomonidan qaytarildi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)