Turkiyaning Antaliya viloyati rasmiylari mehmonxona va ichkilik ichiladigan manzillardan tashqarida alkogol iste’mol qilinishiga taqiq joriy etdi. Bu haqda “Vesti.ru” xabar bermoqda.
Taqiq, jumladan, parklar, bog‘lar, xiyobonlar, turar joy dahalari va sayr hududlariga taalluqli.
Shuningdek, spirtli ichimliklarni “atrofdagilarning noroziligiga sabab bo‘ladigan tarzda” iste’mol qilish ham man etiladi.
Mazkur cheklovlarga rioya etmaganlar 100 turk lirasi (28 dollar atrofida) miqdoridagi jarimaga tortiladi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)