IShIDning Iroq sharqidagi qurolli kuchlar qarorgohiga uyushtirgan hujumi oqibatida o‘n kishi halok bo‘ldi, olti kishi yaralandi. Bu haqda, Sky News Arabia’ga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Aytilishicha, ekstremistlar ar-Rutba shahri yaqinidagi as-Sukkar degan joyda harbiylarning marralariga hujum qilgan. Boshqa tafsilotlar hozircha ma’lum emas.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)